17/06/2026

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025/2026 o‘quv yili boshida O‘zbekistondagi oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalar soni 1 mln 535 ming nafarni tashkil etgan.

Bu ko‘rsatkich avvalgi o‘quv yiliga nisbatan 102,2 ming nafarga yoki 7,1 foizga oshgan.

Talabalarning 782,9 ming nafarini ayollar, 752,1 ming nafarini erkaklar tashkil etgan.

Talabalar sonining yillar kesimidagi dinamikasi:

2021/2022 o‘quv yili — 808,4 ming nafar;

2022/2023 o‘quv yili — 1 042,1 ming nafar;

2023/2024 o‘quv yili — 1 314,5 ming nafar;

2024/2025 o‘quv yili — 1 432,8 ming nafar;

2025/2026 o‘quv yili — 1 535,0 ming nafar.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech