18/06/2026

Joriy yilning 17- iyun kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasida “Korrupsiya – kelajakka tahdid” shiori ostida xodimlarda korrupsiyaga qarshi faol kuchaytirishga qaratilgan huquqiy targʻibot tadbiri tashkil qilindi. Mazkur tadbirga boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari, Bosh yuriskonsult hamda tarmoq bo‘lim xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirda Bosh yuriskonsult M. Sharipov so‘zga chiqib, bugungi globallashuv, mintaqa va davlatlararo integratsiya jarayonlari jadallashib borayotgan murakkab bir sharoitda korrupsiya chegara bilmas muammoga aylanganligi, korrupsiyani keltirib chiqarayotgan oqibatlar jamiyatni ich-ichidan yemirib, demokratik va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazishi, inson huquqlarining qoʻpol ravishda buzilishiga olib kelinishi, iqtisodiy rivojlanishni izdan chiqarishi, jamiyat va davlat uchun oʻta xavfli boʻlgan uyushgan jinoyatchilik va terrorizimning keng yoyilishiga sharoit yaratib berishi haqida ma’ruza qildi.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunining va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 30.12.2025 yildagi 270-sonli Farmonining  qabul qilinishi hamda ushbu Qonun va Farmonni mazmun-mohiyati qo‘llanilishi haqida,  shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Respublika idoralararo komissiyasining tashkil etilishi va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Davlat dasturlarining qabul qilinganligi yurtimizda korrupsiya bilan bogʻliq huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan qator chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga xizmat qilib kelayotganligi, hamda harqanday qonun va nazoratdan ko‘ra kuchliroq bir tusiq bor, u insonning ma’naviy dunyosi va vijdoni ekanligi haqida ta’kidlab o‘tdi.

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech