Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–may oylarida O‘zbekistonda 37 615 ta korxona va tashkilotlar yangi tashkil etilgan.
Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 1 095 taga oshgan.
Hududlar kesimida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni quyidagicha:
Toshkent shahri — 8 102 ta;
Toshkent viloyati — 3 932 ta;
Xorazm viloyati — 3 205 ta;
Samarqand viloyati — 3 062 ta;
Farg‘ona viloyati — 2 708 ta;
Qashqadaryo viloyati — 2 362 ta;
Jizzax viloyati — 2 165 ta;
Surxondaryo viloyati — 2 106 ta;
Andijon viloyati — 2 083 ta;
Buxoro viloyati — 1 992 ta;
Namangan viloyati — 1 917 ta;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 1 702 ta;
Navoiy viloyati — 1 276 ta;
Sirdaryo viloyati — 1 003 ta.




