23/06/2021

 

Joriy yilning 23- iyun kuni Kasbi tuman Xo‘jaqarliq mahalla faollari ishtirokida aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishning ahamiyati to‘g‘risida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida mahalla faollariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710- sonli qarori mazmun-mohiyati, aholini ro‘yxatga olish tartibi, tarixi, normativ-huquqiy xujjatlar, aholini ro‘yxatga olish bosqichlari, aholini ro‘yxatga olishdan keyin kutilayotgan natijalar to‘g‘risida tushunchalar  berildi.

Davra suhbati davomida mahalla faollariga  O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha barcha fuqarolar faol ishtirok etishlari tushuntirildi.

 

Matbuot xizmati 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech