Joriy yilning 18- iyun kuni Qashqadaryo viloyat statistika boshqarmasi “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish” bo‘limi xodimlari va Yakkabog‘ tumani Kadastr bo‘limi xodimlari ishtirokida seminar o‘tkazildi. Asosiy maqsad, Aholini ro‘yxatga olish tadbiri, keng qamrovli va xalqaro tashkilotlar kuzatuvchilarining diqqat markazida bo‘lib turganligini inobatga olgan holda, joylardagi tegishli tashkilotlar va muassasalar bilan birgalikda belgilangan vazifalarni sifatli bajarish lozimligi haqida tushuntirishlar berish ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, o‘quv-seminar qatnashchilariga Aholini ro‘yxatga olish tadbirida faol qatnashish viloyat aholisi sonini to‘g‘ri hisoblanishiga xizmat qilishi tushuntirildi.
Tadbir so‘ngida, Aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik jarayonlari to‘g‘risida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga, mas’ul xodimlar tomonidan javoblar berildi.
Matbuot xizmati