Joriy yilning 17- iyun kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabiz shahridagi moliya bo‘limi xodimlari hamda shahar statistika bo‘limi mutaxassislari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
Suhbatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710- sonli qarori mazmun-mohiyati, aholini ro‘yxatga olish tartibi, tarixi, normativ-huquqiy xujjatlar, aholini ro‘yxatga olish bosqichlari, aholini ro‘yxatga olishdan keyin kutilayotgan natijalar to‘g‘risida tushunchalar berildi. Mutaxassislar aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha shu kunga qadar bajarilgan ishlar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berishdi.
Matbuot xizmati