17/06/2021

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710- sonli “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi qarori mazmun-mohiyatini yoritish yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, joriy yilning 17- iyun kuni Chiroqchi tuman statistika bo‘limi xodimlari tomonidan “Bog‘ishamol” MFY xodimlariga seminar o‘tkazildi. Seminarda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710- sonli qarori mazmun-mohiyati, aholini ro‘yxatga olish tartibi, tarixi, normativ-huquqiy xujjatlar, aholini ro‘yxatga olish bosqichlari, aholini ro‘yxatga olishdan keyin kutilayotgan natijalar to‘g‘risida tushunchalar  berildi.

Matbuot xizmati 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech