02/04/2026

Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil davomida viloyatimizda meva yetishtirish ko‘rsatkichi 215 ming tonnadan oshdi. Ushbu natijalar vohamizning agrar salohiyati barqaror o‘sib borayotganini ko‘rsatadi.

Hududlar kesimida tahlil qilinganda, yetishtirilgan jami meva hosilining salmoqli qismi Kitob (41,0 ming tonna), Yakkabog‘ (28,4 ming tonna) hamda Kasbi (25,9 ming tonna) tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Shuningdek, Shahrisabz (20,9 ming tonna) va Qarshi (17,5 ming tonna) tumanlarida ham yuqori ko'rsatkichlar qayd etilgan.

Viloyatimizning qulay iqlim sharoiti va mirishkor bog'bonlarimizning mehnati natijasida olinayotgan ushbu mahsulotlar ichki bozorni sifatli oziq-ovqat bilan ta'minlash hamda hududning eksport imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilmoqda.

Viloyatdagi tuman va shaharlar bo'yicha ishlab chiqarish hajmlari bilan infografika orqali batafsil tanishish mumkin.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech