31/03/2026

Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda vohamizning barcha tumanlarida jami 230 125 tonna kartoshka yetishtirilib, dasturxonlarimiz to‘kinligi yo‘lida ulkan qadam tashlandi.

Bunda Kitob, Shahrisabz va Yakkabog‘ tumanlari peshqadamlik qilgan bo‘lsa-da, Chiroqchi, Qarshi, Mirishkor va Qamashi tumanlarining ham salmoqli hissasi (har biri 10 ming tonnadan ziyod) hosildorlikning asosiy ustunlari bo‘lib xizmat qildi.

Vohamizning har bir tumanida yer bilan tillashib, rizq-ro‘zimizni but qilayotgan zahmatkash dehqonlarimiz va soha fidoiylarining mashaqqatli mehnati oldida ta’zim qilamiz — zero, umumiy zafarda har bir hududning o‘z o‘rni va beqiyos hissasi bor!

Tugmani bosing Tinglash GSpeech