24/10/2025

Joriy yilning 24-oktabr kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi tomonidan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida barcha fuqarolar uchun ochiq muloqot maydoni yaratildi. Unda ishtirokchilarga aholini va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonining mazmuni, maqsadi hamda ushbu jarayonda axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga ro‘yxatga olish jarayonining amaliy bosqichlari amalda namoyish etildi.

Uchrashuv davomida fuqarolarning qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.

“Ochiq eshiklar kuni” tadbiri fuqarolarda ro‘yxatga olish jarayoniga bo‘lgan ishonch va faollikni oshirish, shuningdek, mazkur jarayonning ahamiyatini keng jamoatchilikka tushuntirishga xizmat qildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech