22/10/2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF–173-sonli Farmoniga muvofiq, 2026-yilning 15-yanvar — 28-fevral kunlari mamlakatimizda “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish” tadbiri o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Nishon tumanida bo‘lib o‘tadigan aholini ro‘yxatga olish jarayoniga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Ushbu jarayon doirasida Nishon tumani hokimligi, viloyat statistika boshqarmasi hamda tuman statistika bo‘limi bilan hamkorligida mahalliy tashkilotlar, xususan, mahalla yettiligi bilan yaqindan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

 

Ushbu seminarlarda Farmonning mazmun-mohiyati, ro‘yxatga olish bosqichlari va uning ahamiyati haqida keng tushunchalar berilmoqda. Shuningdek, ro‘yxatga olish jarayonida foydalaniladigan axborot tizimlari, elektron savolnomalarni to‘ldirish tartibi va boshqa muhim mavzularda ma’lumotlar berilmoqda.

 

 Bu kabi o‘quv-seminarlar muhim tadbir – aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlarini yuqori darajada tashkil etish va xalqaro talablar asosida o‘tkazishga xizmat qiladi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech