Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025- yil 1-avgust holatiga viloyatimizda chet el investitsiyasi ishtirokida 158 ta korxonalar faoliyat yuritmoqda.
Shundan 80 tasi qo‘shma va 78 tasi xorijiy korxonalardir.
Ular tarmoqlar kesimida tahlil qilinganda, eng yuqori ulushi 39,9 % - savdo sohasiga to‘g‘ri kelgan.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ular quyidagicha:
sanoat sohasida – 63 ta;
savdo sohasida – 35 ta;
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 33 ta;
qurilish sohasida – 8 ta;
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 4 ta;
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida – 3 ta;
tashish va saqlash sohasida – 2 ta;
boshqa sohalarda – 10 ta.