Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025- yil yanvar–iyun oylarida viloyatimizdagi barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 8 022,0 tonna uzum yetishtirilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 20,9 % ga o‘sgan.
Hududlar kesimida yetishtirilgan uzum hajmi quyidagicha:
Yakkabog‘ tumani – 2 374,9 tonna
Kitob tumani – 1 314,6 tonna
Mirishkor tumani – 670,5 tonna
Nishon tumani – 663,8 tonna
Shahrisabz tumani – 608,1 tonna
Muborak tumani – 605,1 tonna
G‘uzor tumani – 355,8 tonna
Qamashi tumani – 312,3 tonna
Ko‘kdala tumani – 214,9 tonna
Chiroqchi tumani – 207,1 tonna
Koson tumani – 203,5 tonna
Qarshi tumani – 198,6 tonna
Kasbi tumani – 177,5 tonna
Qarshi shahri – 109,2 tonna
Shahrisabz shahri – 6,1 tonnani tashkil etgan.