23/08/2025

Bugun yurtimiz bo‘ylab “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari keng ko‘lamda o‘tkazilmoqda. Ushbu ezgu tashabbusda Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi ham faol ishtirok etmoqda.

 

Hashar jarayonida olib borilayotgan ishlar nafaqat atrof-muhitni obod qilishga, balki jamiyatimizda birdamlik va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Bunday xayrli tashabbuslar yurtdoshlarimizning yurtga muhabbati, poklik va totuvlikka intilishi, jamiyatdagi ijtimoiy birdamlikni yana bir bor namoyon etmoqda.

Barchani obod va fayzli mahalla barpo etish yo‘lida faol ishtirok etishga chorlaymiz!

Tugmani bosing Tinglash GSpeech