Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025- yil 1-iyul holatiga viloyatimizda, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida 1 009 ta korxona va tashkilotlar faoliyat yuritmoqda.
Ularning soni yil boshidan buyon 252 taga oshgan.
Hududlar kesimida tahlil qilinganda, eng yuqori ulush Qarshi shahriga to‘g‘ri kelib, jami soniga nisbatan 23,8 % ni tashkil etgan.
Ushbu korxonalar hududlar bo‘yicha quyidagicha:
Qarshi shahri – 240 ta
Kitob tumani – 100 ta
Yakkabog‘ tumani – 87 ta
Shahrisabz shahri – 77 ta
Koson tumani – 69 ta
Qarshi tumani – 65 ta
Shahrisabz tumani – 51 ta
G‘uzor tumani – 49 ta
Qamashi tumani – 46 ta
Chiroqchi tumani – 45 ta
Nishon tumani – 37 ta
Kasbi tumani – 35 ta
Dehqonobod tumani – 31 ta
Mirishkor tumani – 30 ta
Muborak tumani – 29 ta
Ko‘kdala tumani – 18 tani tashkil etgan.