2026-yil 15-yanvardan 28-fevralga qadar respublikamizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlari o‘tkaziladi va ushbu tadbirga hududlardagi “mahalla yettiligi” xodimlari jalb etiladi.
 
Bugun “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati vakili Sanobar Abdurahmonova hamda Dehqonobod tuman hokimi Sherzod Shokirov tumanda ro‘yxatga olishga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdilar. Aholini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati va maqsadlari, bu jarayonda barcha ishtirok etishi haqida so‘z yuritildi.


Uchrashuv chog‘ida mahalla raislari, faollar va aholi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Unda ma’lumotlarni to‘g‘ri va sifatli yig‘ish, aholining faol ishtirokini ta’minlash, hamda ro‘yxatga olish jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.


Shuningdek, “Istiqlol va O‘zbekiston” mahallasi yettiligi bilan suhbat o‘tkazildi. Mahalla xodimlariga planshet qurilmalarida savolnomalarni to‘g‘ri va aniq qayd etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.



