O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF–173-son Farmoniga muvofiq, 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralga qadar mamlakatimizda “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish” tadbirini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan Adliya vaziri o‘rinbosari N.Muhammadiyev Qarshi shahrida bo‘lib, mazkur tadbirni o‘tkazish bo‘yicha shahar shtabi faoliyati bilan tanishdi.


O‘rganish davomida vazir o‘rinbosari mahallalarda ham bo‘lib, Farmon ijrosini ta’minlash, ro‘yxatga olish jarayonini samarali tashkil etish hamda aholiga mazkur jarayonning ahamiyatini tushuntirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, mas’ul xodimlarga amaliy tavsiyalar va ko‘rsatmalar berdi.



