Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra Qashqadaryo 2025- yilning yanvar-mart oylarida xorijga qiymati 7 422,9 ming AQSH dollariga teng bo‘lgan 1 554,9 tonna dukkakli sabzavotlar eksport qilgan.
Qashqadaryo 2025- yilning 3 oyida eng ko‘p dukkakli sabzavotlar eksport qilgan davlatlar:
Avg‘oniston — 686,0 tonna;
Pokiston — 593, 2 tonna;
Eron Islom Respublikasi — 141,7 tonna;
Boshqa davlatlar — 134 tonnani tashkil etdi.