01/05/2025

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-aprel holatiga respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan oilaviy korxonalar soni 36 850 tani tashkil etdi.

Ular tarmoqlar kesimida tahlil qilinganda eng yuqori ulushi savdo sohasiga (40,2 foiz) to‘g‘ri kelmoqda.

Sohalar kesimida ular quyidagicha:

savdo sohasida – 14 822 ta;

sanoat sohasida – 8 406 ta;

yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 6 946 ta;

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 2 511 ta;

sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida – 632 ta;

tashish va saqlash sohasida – 341 ta;

qurilish sohasida – 282 ta;

axborot va aloqa sohasida – 241 ta;

boshqa sohalarda – 2 669 tani tashkil etdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech