05/12/2024

Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasida joriy yilning 5-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbir  o‘tkazildi.

 

Ma’ruzachi boshqarmaning bosh yurskonsulti M. Sharipov bosh qomusimizning hayotimizdagi o‘rni, mazmun-mohiyati, Konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yilgan ustuvor maqsad va tamoyillar haqida to‘xtaldi.

 

Tadbirda asosiy qonun inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydigan, jamiyat va davlat taraqqiyoti uchun poydevor yaratadigan, xalqimizning munosib turmushini qaror toptirishga xizmat qiladigan muhim hujjat ekanligi ta’kidlab o‘tdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech