Joriy yilning 4-dekabr kuni Statistika agentligida shu yilning 27–29-noyabr kunlari Shveysariyaning Jeneva shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi (BMT YIK) tomonidan tashkil etilgan “Kambag‘allik statistikasini uyg‘unlashtirish bo‘yicha seminar” hamda “Kambag‘allik va tengsizlikni o‘lchash bo‘yicha ekspertlar guruhi yig‘ilishi” natijalari yuzasidan taqdimot bo‘lib o‘tdi.
Taqdimotda mazkur yig‘ilishda ishtirok etgan agentlikning Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Urazbaev Rahmatjon Otajanovich Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida kambag‘allik va tengsizlikni oʻlchash bo‘yicha uslubiy ishlarni rivojlantirish hamda kambag‘allik statistikasini uyg‘unlashtirish bo‘yicha olgan bilim va ko‘nikmalarini agentlik xodimlariga yetkazdi.
Shuningdek, tadbir davomida mavzu yuzasidan fikr-mulohaza almashinib, qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.