Joriy yilning 14- noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati bo‘limi boshlig‘i Botir Melikmurotov hamda Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Statistika tizimi faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish muhim omil” mavzusida seminar tashkil etildi.
Tadbirda Botir Melikmurotov so‘zga chiqib O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” O‘RQ-419-sonli Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida” Qonunining mazmun-mohiyatini hamda ushbu qonunni jamiyatda ijrosini ta’minlash yuzasidan chiqarilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezdentining bir qator farmon va qarorlar mazmunini tushuntirib o‘tdilar.
Xususan, statistika organi xodimlarining 2025- yil yanvar oyidan boshlab manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha deklaratsiyani to‘ldirish tartibi va xodimlarning tashabbusi bilan manfaatlar to‘qnashuvi yuzasidan Statistika agentligining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmatiga xabar berish tartibi tushuntirildi.
Shuningdek, Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Shuxrat Tayloqov so‘zga chiqib Korrupsiyaga qarshi kurashish hamda manfaatlar to‘qnashuvi yuzasidan o‘z fikir mulohazalarini bildirib kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar toʻg‘risida batafsil ma’lumotlarni berib oʻtdi.
Yig‘ilish yakunida xodimlar tomonidan berilgan savollarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati bo‘limi boshlig‘i Botir Melikmurotov hamda Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Shuxrat Tayloqov tomonidan tushuntirishlar berib o‘tildi.
Matbuot xizmati