31/10/2024

Mamlakatimizda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlarini shuningdek, barcha fuqarolarni sportning ommaviy turlariga jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

1-301020247j1a3860_p13369

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 14- yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish vа ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4954-sonli qarori qabul qilingan. Qarorda nazarda tutilgan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan barcha tashkilotlar ishchi-xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq qilishga qaratilgan turli sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

2-301020247j1a3813_p32595

Joriy yilning 30- oktabr kuni Statistika agentligining Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan erkak va ayollar o‘rtasida “Shaxmat” sport turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.

3-301020247j1a3903_p62140

Mazkur musobaqada markaziy apparat xodimlari ishtirok etishdi.

O‘yin natijalariga ko‘ra, ayollar o‘rtasida 1-o‘rinni Demografik koʻrsatkichlarni shakllantirish boʻlimi bosh mutaxassisi – Lola Karimova, 2-o‘rinni Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi nazorati boshqarmasi boshlig‘i - Gulbaxor Salixova, 3- o‘rinni Tarmoq boshqaruvi va texnik rivojlantirish  boʻlimi yangi texnika va texnologiya boʻyicha yetakchi muhandisi – Nodira Tashpulatova qo‘lga kiritishdi.

4-301020247j1a3897_p95219

5-30102024j1a3840_p78044

Erkaklar o‘rtasida 1-o‘rinni Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – Olimjon Sidikov, 2-o‘rinni Xo‘jalik ishlari bo‘limi boshlig‘i – Jur’at Mirsaidov, 3- o‘rinni Energetika statistikasi sho‘basi mudiri – Zayniddin Egamshukurov qo‘lga kiritishdi.

6-301020247j1a3805_p95310

Bunday tadbirlar, o‘z navbatida, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismonan sog‘lom va ma’nan yetuk shaxslar jamiyatini barpo etishga xizmat qiladi. Shuningdek, agentlik tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarni sportning ommaviy turlariga keng jalb etish, o‘zaro hamjihatlik, birdamlik va do‘stona muhit orqali mehnat faoliyati samaradorligini yanada oshirishga qaratilgani bilan ham muhim ahamiyatga ega.

7-30102024j1a3881_p61907

Tugmani bosing Tinglash GSpeech