27/10/2024

Bugun, 27- oktabr mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi bo‘lib o‘tmoqda.

Ma’lumot uchun, bu yilgi deputatlik saylovlari ilk marotaba majoritar-proporsional (aralash) tizim asosida o‘tkazilmoqda. Mazkur tizimda saylov okruglari bir mandatli va yagona saylov okruglariga bo‘linadi. Parlament quyi palatasi deputatlarining 75 nafari bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha majoritar tizim (nomzod uchun ovoz berish), qolgan 75 nafari proporsional tizim bo‘yicha, ya’ni siyosiy partiyalarga berilgan ovozlar asosida (partiya ro‘yxati asosida) saylanadi. Bu esa saylovlar yanada shaffof tarzda o‘tkazilishiga hissa qo‘shadi.

Ushbu saylov jarayonlarida Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi jamoasi oʻz fuqarolik burchlarini ado etgan holda faol ishtirok etishmoqda.

Bu kabi siyosiy tadbirlarda faol qatnashish, o‘z kelajagi uchun munosib nomzod va partiyaga ovoz berish har bir fuqaro, har bir yurtdoshimizning burchidir.

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech