Joriy yilning 9- oktabr kuni Statistika agentligi markaziy apparati xodimlari oʻrtasida Mirzo Ulugʻbekning hayoti va ijodi oʻrganildi.
Unda Direktorning davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi tomonidan Mirzo Ulugʻbek matematika, fizika, tarix, meʼmorchilik sohalarida ulkan natijalarni qoʻlga kiritgani xususida soʻz yuritildi. Buyuk alloma, ayniqsa, Samarqand shahridagi oʻzi bunyod ettirgan rasadxonada amalga oshirgan keng qamrovli ilmiy tadqiqotlari va kashfiyotlari bilan jahon astronomiya fanining rivojida tub burilish yasagan.
Aytib oʻtish kerakki, ulugʻ vatandoshimizning ana shunday izlanishlari natijasida yuzaga kelgan “Ziji jadidi Koʻragoniy” asari hozirgi paytda ham yulduzlar ilmi sohasida dunyodagi eng buyuk asarlardan biri sifatida eʼtirof etilib, olimlar tomonidan katta qiziqish bilan oʻrganilib kelinmoqda.
Shuningdek, “Bir daraja sinusini aniqlash haqida risola”, “Risolayi Ulugʻbek”, “Tarixi arbaʼ ulus” asarlari bilan dunyo ilm-fan sohasida aniq kashfiyotlarni taqdim etgan.