30/09/2024

2024- yilning yanvar-avgust oylarida 81,4 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda BAAga safar qilgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 ming nafarga yoki 2,8 % ga oshgan.

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida BAAga ketgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari safar maqsadlari boʻyicha quyidagicha:

dam olish – 73 595 nafar;

qarindoshlarni yoʻqlash – 6 889 nafar;

xizmat yuzasidan – 443 nafar;

oʻqish – 238 nafar;

davolanish – 234 nafar.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech