Joriy yilning 16–20- sentabr kunlari Tailandning Bangkok shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani mintaqasi bo‘yicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKАTO) tomonidan tashkil etilgan Isteʼmol narxlari statistikasi bo‘yicha web-scrapingga bagʼishlangan mintaqaviy seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani mintaqasi bo‘yicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKАTO)ga aʼzo davlatlarning Milliy statistika idoralari vakillari, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Statistika Departamenti vakillari va ekspertlari ishtirok etishdi.
Mazkur seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Narxlar statistikasi boshqarmasi boshligʻi Muxtor Umarov, Raqamli texnologiyalar va interaktiv xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi Shohruh Odilov ham qatnashdi.
Tashrif davomida Isteʼmol narxlari statistikasi bo‘yicha web-scraping maʼlumotlari asosida qaror qabul qilishning yangicha yondoshuvlarini joriy etishdagi ijobiy institutsional mexanizmlari, maʼlumotlarni boshqarish ehtiyojlari, texnik tadbirlar va uslubiy imkoniyatlar o‘rganildi va milliy statistika tizimiga joriy etish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, sessiya kun tartibidagi masalalar bo‘yicha xalqaro ekspertlar tavsiyalari va ishtirok etuvchi mamlakatlarninig narxlar statistikasiga web-scraping texnologiyalarini joriy etish orqali maʼlumotlarini to‘plash va yuritish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rganish imkoniyati yaratildi.