Joriy yilning 9-sentabr kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi narx statistikasi bo‘limi tomonidan tuman (shahar) statistika xodimlari uchun narx statistikasiga oid koʻrsatkichlar hamda ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati yuzasidan vebinar tashkil etildi.
Shuningdek, vebinarda Narx statistikasiga oid koʻrsatkichlarni shakllantirish tartibi va uslubiyoti batafsil tushuntirib berildi. Ushbu koʻrsatkichlarni hududlar kesimida hisoblash va e’lon qilish tartibi misollar bilan koʻrsatildi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi.