30/08/2024

 Aziz va muhtaram yurtdoshlar, qadrli do‘stlar!

Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yillik bayrami bilan chin qalbdan tabriklaymiz.

1- sentabr – xalqimizga yangi davrni boshlab bergan bu qutlug‘ sana vatanimiz taraqqiyoti va  ravnaqi ramziga aylangan. Ezgu intilishlarga qanot bag‘ishlovchi ham, inson manfaatlari yo‘lidagi islohotlar muvaffaqiyatini ta’minlovchi qudratli kuch ham – mustaqillikdir.

Shunday ekan, ko‘p millatli xalqimizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining  33 yilligi  munosabati bilan samimiy qutlaymiz! Barchangizga mustahkam sog‘liq, xotirjamlik va farovonlik tilab qolamiz.

Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin!

Hurmat bilan,

Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi jamoasi

Tugmani bosing Tinglash GSpeech