2024- yil yanvar - iyul oylarida Qashqadaryo viloyatida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 2885 tani tashkil etdi.
Ularni iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha qaralganda savdo- 980 ta, qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi - 520 ta, sanoat- 488 ta, yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar- 248 ta, qurilish- 121 ta, axborot va aloqa - 77 ta, tashish va saqlash - 71 ta, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish - 52 ta, boshqa turlar -328 tani tashkil etdi.