2024-yilning yanvar–iyun oylarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) xizmatlarining mamlakat iqtisodiyotidagi ulushi 2,4 % ni tashkil etgan.
Tarmoqda yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat hajmining 47,7 foizi aloqa xizmatlari, 35,2 foizi kompyuter dasturlashtirish, maslahat berish va boshqa yordamchi xizmatlar, 9 foizi maʻlumotlarni joylashtirish va ishlov berish boʻyicha xizmatlar, web-portallar, 4,9 foizi dasturiy taʻminotni chiqarish, qolgan 3,2 foizi kompyuterlar va aloqa uskunalarini taʻmirlash xizmatlari hissasiga toʻgʻri kelgan.