2024-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga koʻra, sanoat tarmogʻi qoʻshilgan qiymatida 7,8 % ga oʻsish kuzatilgan.
Ushbu tarmoqdagi ijobiy dinamika, asosan togʻ-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash tarmogʻining qoʻshilgan qiymati 0,5 % ga, ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatning 9,4 % ga, elektr, gaz, bugʻ bilan taʻminlash va havoni konditsiyalash tarmogʻining 4,3 % ga hamda suv bilan taʻminlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yigʻish va utilizatsiya qilish tarmogʻining 0,3 % ga ijobiy oʻsishi hisobiga taʻminlangan.