2024- yilning yanvar-iyun oylarida Qashqadaryo viloyatida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 47,4 % i to‘g‘ri kelib, 2023- yil ko‘rsatkichiga nisbatan 3,4 % punktga kamaydi.
Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2023- yilga nisbatan 93,7 % ni tashkil etgan holda 2386,5 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.