Joriy yilning 26-iyun kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi bosh yurskonsulti M. Sharipov tomonidan boshqarma hamda tizimdagi tuman va shahar statistika bo‘lim xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining 2024- yil 5-iyundagi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘RQ-931-sonli va 2024- yil 5-iyundagi O‘RQ-929-sonli hamda 2024-yil 19-iyundagi 933-sonli O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqidagi Qonunlarining mazmun-mohiyati va ahamiyati hamda qo‘llanilishini xodimlarga tushuntirib, batafsil ma’ruza qildi.
Shuningdek, ushbu qonunlarni qachon, qanday qullanilishi va qonunlar talablariga amaliyotda rioya qilinishi yuzasidan xodimlar tomonidan berilgan savollariga tushunarli ravishda javoblar berildi.