2024-yilning yanvar-may oylarida jami 2 837,4 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 248,2 ming nafarga yoki 9,6 % ga oshgan.
Joriy yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolarining safar maqsadlari kesimida soni quyidagicha:
qarindoshlarni yoʻqlash — 2 237,4 ming nafar;
sayyohlik — 426,5 ming nafar;
xizmat yuzasidan — 68,4 ming nafar;
tijorat — 51,5 ming nafar;
davolanish — 46,2 ming nafar;
oʻqish — 7,4 ming nafar.