Viloyatimizda 2024-yilning yanvar-mart oylarida 1165 ta yangi kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) tashkil etilgan.
Ular iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha quyidagicha:
savdo sohasida – 395 ta;
qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi sohasida – 230 ta;
sanoat sohasida – 212 ta;
yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida – 84 ta;
qurilish sohasida – 53 ta;
axborot va aloqa sohasida – 47 ta;
tashish va saqlash sohasida – 30 ta;
sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasida – 25 ta;
boshqa sohalarda – 89 tani tashkil etgan.