Joriy yilning 15-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati bo‘limi boshlig‘i Botir Melikmurotov hamda Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Statistika tizimini korrupsiyasiz sohaga aylantirish bosh maqsadimiz” mavzusida seminar tashkil etildi.
Tadbirda Botir Melikmurotov so‘zga chiqib O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” O‘RQ-419-sonli Qonunning mazmun-mohiyatini hamda ushbu qonunni jamiyatda ijrosini ta’minlash yuzasidan chiqarilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezdentining bir qator farmon va qarorlar mazmunini tushuntirib o‘tdilar.
Shuningdek, seminarda hozirgi kunda statistika organlarida korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashishni samarali faoliyatni yoʻlga qoʻyish maqsadida Statistika agentligi direktorining 127-sonli, 2-sonli, 37-sonli, 74-sonli va 33-sonli buyruq talablari xodimlarga yetkazildi.
Xususan, statistika sohasini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish shu bilan birga, xodimlarning korrupsiyaviy illatlarga nisbatan murosasiz ko‘nikmalarni shakllantirishda statistika agentligi va hududiy statistika organlarining hamkorligi muhim o‘rin tutadi.
Yig‘ilish yakunida Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunining qabul qilinishi, shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Respublika idoralararo komissiyasining tashkil etilishi va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Davlat dasturlarining qabul qilinganligi yurtimizda korrupsiya bilan bogʻliq huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan qator chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga xizmat qilib kelayotganligi haqida to‘xtalib o‘tdi.