Respublikamizda 2024-yilning yanvar-fevral oylarida 12 627 ta yangi kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) tashkil etilgan.
Ular iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha quyidagicha:
savdo sohasida – 4 787 ta;
sanoat sohasida – 2 052 ta;
yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida – 1 117 ta;
qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi sohasida – 1 134 ta;
qurilish sohasida – 673 ta;
axborot va aloqa sohasida – 558 ta;
tashish va saqlash sohasida – 445 ta;
sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasida – 260 ta;
boshqa sohalarda – 1 601 tani tashkil etgan.