Joriy yilning 8-aprel kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi “10- maktab”da“ Aholini roʻyxatga olish va uni oʻtkazish” mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminarda Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasining Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlimi boshligʻi A. Qurbonov va boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari S. Kaxxorov maktab oʻqituvchi va o‘quvchilariga aholini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazishning asosiy maqsadi, mazmun-mohiyati hamda jarayonini tashkil etishning tartibi to‘g‘risida maʼlumotlar berib oʻtishdi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarning mavzuga oid savollariga javob berildi.