Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi tomonidan joylarda aholini ro‘yxatga olish yuzasidan tayyorgarlik va tushuntirish ishlarini olib borilmoqda.
Joriy yilning 8-aprel kuni mazkur bo‘lim mutaxassislari tomonidan Qarshi shahri “Kunchiqar” mahalla fuqarolar yig‘inida mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni, ko‘cha nomi belgilarining mavjudligi hamda mahallada mavjud noturar obyektlarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi.