28/03/2024

 2023/2024-oʻquv yili boshiga mamlakatimizdagi nodavlat taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilar soni 7,7 ming nafarni tashkil etdi, ushbu koʻrsatkich 2019/2020-oʻquv yili boshiga nisbatan 5,3 ming nafarga oshganini  koʻrish mumkin.  

Ularning yillar kesimidagi soni quyidagicha:

2019/2020- oʻquv yili  boshiga 2,4 ming nafar;

2020/2021- oʻquv yili  boshiga 2,9 ming nafar;

2021/2022- oʻquv yili  boshiga 3,6 ming nafar;

2022/2023- oʻquv yili  boshiga 5,0 ming nafar;

2023/2024- oʻquv yili  boshiga 7,7 ming nafar.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech