2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Qashqadaryo viloyatida bino va inshootlar qurilishi boʻyicha 6,5 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarilib, umumiy hajmga nisbatan ulushi 70,1 % ni tashkil etgan.
Fuqarolik obyektlarini qurilishi faoliyatida 1,7 trln. soʻmlik ishlar bajarilib, umumiy hajmga nisbatan ulushi – 18,2 % ni, ixtisoslashtirilgan qurilish ishlarida 1,1 trln. soʻmlik ishlar bajarilib, umumiy hajmga nisbatan ulushi 11,7 % ni tashkil etgan.