15/02/2024

Joriy yilning 14-fevral kuni Shveytsariyaning Jeneva shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Yevropa iqtidsodiy komissiyasi (BMT YIK) tomonidan tashkil etilgan Yevropa Statistiklari Konferensiyasi (YSK) byurosining navbatdagi yigʻilishi ish boshladi.

Mazkur nufuzli tadbir Yevropa Statistiklari konferensiyasi byurosi aʻzolarining majlisi hisoblanib, unda Yevropa Statistiklari konferensiyasi faoliyati boʻyicha muhim qarorlar qabul qilinadi, uning ish rejalari, amalga oshirilgan ishlar sarhisobi va kelgusidagi rejalari muhokama qilinadi.

Maʻlumot uchun: BMT YIK Yevropa Statistiklari konferensiyasi (YSK) muhimligi bo‘yicha rasmiy statistika uchun jahon forumi - BMT Statistika komissiyasidan keyin ikkinchi oʼrinda turadi YSK aʼzolari BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasining barcha 56 ta mamlakatlari Milliy statistika idoralarining rahbarlari hisoblanadi. YSK faoliyatini BMT YIKga aʼzo mamlakatlardan 9 kishidan iborat byuro boshqaradi.

1-ipiouiouiklkjkjfghj

Xususan, joriy yigʻilishda rasmiy statistika maʼlumotlarining oʻz vaqtida eʻlon qilinishi, davriyligi va ochiqligi darajasi, aholi va uy-joylarni roʻyxatga olish, maʼlumotlarni boshqarish, rasmiy statistikani modernizatsiya qilish kabi dolzarb mavzular muhokama qilinadi hamda kun tartibiga YSK – 2024 yalpi majlisiga tayyorgarlik koʻrish masalalari kiritilgan.

Tadbirda boshqa masalalar qatorida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktorining Yevropa Statistiklari konferensiyasi byurosi aʻzoligiga qabul qilinganligi rasman eʻlon qilinadi.

2-ertyegeweceewweqwref

Yuqori darajadagi nufuzli tashkilot – Yevropa Statistiklari konferensiyasi tarkibiga nafaqat Oʻzbekiston, balki Markaziy Osiyo davlatlari tarixida ilk bor qoʻshilishi nuqtayi nazaridan, unda ishtirok etish xalqaro darajada Oʻzbekistonning nufuzini oshishiga va statistika sohasida mamlakatimiz manfaatlarini ilgari surishga samarali xizmat qiladi.   

Tadbirning birinchi kunida Statistika agentligi delegatsiyasi BMT Bosh kotibining oʻrinbosari – BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasining Ijrochi kotibi Tatyana Molchan xonim bilan uchrashdi. Tomonlar Oʻzbekistonda 2024-yilda milliy statistika tizimini global baholash, aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik jarayonlari, barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish va hamkorlikning boshqa yoʻnalishlarini muhokama qildilar.

3-uyiouyiktyewrvqee

Yigʻilish davomida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Yevropa iqtidsodiy komissiyasi Statistika boʻlimi, Buyuk Britaniya Milliy Statistika idorasi, MDH Davlatlararo Statistika qoʻmitasi, Kanada Statistika idorasi, Latviya Markaziy statistika boshqarmasi, Albaniya Statistika instituti, Meksika Milliy statistika va geografiya instituti (INEGI) va boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar amalga oshirildi va statistika sohasida yaqindan hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

4-iopiooyuneyetwertvwe

Yevropa Statistiklari konferensiyasi (YSK) byurosi oʻz ishini davom ettirmoqda.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech