Viloyatimizda 2024-yil 1-yanvar holatiga koʻra, chet el investitsiyasi ishtirokida 163 ta korxonalar faoliyat koʻrsatayotgan boʻlib, shundan 100 tasi qoʻshma va 63 tasi xorijiy korxonalardir.
Sohalar kesimida esa ular quyidagicha taqsimlangan:
sanoat sohasida – 68 ta
qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi sohasida – 34 ta
savdo sohasida – 31 ta
qurilish sohasida – 12 ta
tashish va saqlash sohasida – 6 ta
yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida – 3 ta
sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmat koʻrsatish sohasida – 3 ta
boshqa sohalarda – 6 ta