Qashqadaryoda 2024-yil 1-yanvar holatiga jami 28 144 ta tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) faoliyat koʻrsatmoqda.
Ular iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha quyidagicha taqsimlangan:
savdo sohasida – 10 261 ta
qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi sohasida – 5 320 ta
sanoat sohasida – 3 773 ta
qurilish sohasida – 2 557 ta
yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida – 1 624 ta
tashish va saqlash sohasida – 933 ta
sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmat koʻrsatish sohasida – 672 ta
axborot va aloqa sohasida – 388 ta
boshqa sohalarda – 2 616 tani tashkil etdi.