25/01/2024

Joriy yilning 25-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan hamda kelgusida rejalashtirilgan ishlar yuzasidan masofaviy hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yig‘ilishda hududiy Statistika boshqarmasi xotin-qizlari ham faol ishtirok etishdi.

Tadbirni Statistika agentligi direktori o‘rinbosari Z. Ziyayev statistika tizimida xotin-qizlarning o‘rni va yutuqlari haqidagi nutqi bilan ochib berdi.

Shuningdek, tadbirda agentlikning Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisi Z. Talipova so‘zga chiqib, statistika tizimida yil davomida Xotin-qizlar boshlangʻich tashkiloti tomonidan bajarilgan ishlar yuzasidan gapirib, mavzuga doir savollarga javob berdi.

Tadbir yakunida yil davomida o‘zini yaxshi ko‘rsatgan bir qator xotin-qizlar tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech