23/01/2024

Joriy yilning 22-yanvar kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi bosh yurskonsulti M. Sharipov tomonidan Qarshi irrigatsiya va agrotexnalogiyalar institutining talabalar va o‘qituvchilari ishtirokida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi”, “Jismoniy va yuridek shaxslarning murojaatlari  to‘g‘risida”gi, Rasmiy statistika, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi hamda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ – 883-891-sonli Qonunlarining mazmun-mohiyati va ahamiyati hamda qo‘llanilishini talabalar va o‘qituvchilarga tushuntirib, batafsil ma’ruza qildi.

Shuningdek, ushbu qonunlarni qachon, qanday qullanilishi va qonunlar talablariga amaliyotda rioya qilinishi yuzasidan berilgan savollariga tushunarli ravishda asoslantirilgan holda javoblar berildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech