Joriy yilning 22- yanvar kuni Jurnalistlar uyida viloyat statistika boshqarmasi rahbariyati, OAV vakillari ishtirokida “Qashqadaryo viloyatining iqtisodiy-ijtimoiy ko‘rsatkichlari hamda statistika tizimida hisobotlarning ochiqligi va shaffofligi” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda Viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i Tayloqov Shuxrat Ochilovich hamda boshqarmaning bosh yuriskonsulti Muso Sharipov statistika tizimidagi yangiliklar, hisobot shakllari hamda chorak yakunlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbir yakunida jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga boshqarma boshlig‘i Tayloqov Shuxrat Ochilovich hamda boshqarma hodimlari tomonidan atroflicha javob berildi.