O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tizimida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish hamda yosh xodimlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, joriy yilning 12-yanvar kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasida faoliyat olib borayotgan yosh mutaxassislar uchun viloyatimizdagi “Foto ekspress” xususiy korxonasiga ekskursiya tashkil etildi.
Yosh mutaxassislar ekskursiya davomida aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish, moddiy-texnik bazasi hamda har xil hajmdagi yonadegan harflar va foto reklamalarni ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi.
Uchrashuv davomida tomonlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishib, kelgusida xususiy korxona samaradorligini oshirish yuzasidan o‘z taklif va fikrlarini bildirib, kelgusida bu kabi uchrashuvlarni davom ettirish haqida o‘zaro kelishib olindi.