O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tizimida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish hamda yosh xodimlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, joriy yilning 5-yanvar kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasida faoliyat olib borayotgan yosh mutaxassislar uchun viloyatimizdagi “Qashqadaryo viloyat bosmaxonasi” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga ekskursiya tashkil etildi.
Yosh mutaxassislar ekskursiya davomida bosmaxonaning aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish, moddiy-texnik bazasi hamda gazeta, jurnal va har xil kitoblarni bosmadan chiqarish jarayonlari bilan tanishdi.
Uchrashuv davomida tomonlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishib, kelgusida MCHJ samaradorligini oshirish yuzasidan o‘z taklif va fikrlarini bildirib, kelgusida bu kabi uchrashuvlarni davom ettirish haqida o‘zaro kelishib olindi.